Tailand Qirolligiga sayohatim 2-qism

Sarguzashtimizni birinchi qismini bu yerda o’qisangiz bo’ladi

3-kun, Phi-Phi

Ertalab yana kechagi joyda notushta qildim. Bu safar bizga Firdavs o’rtog’im qo’shildi. Bu yerni notushtasiga qoniqmadi Firdavsga. Termiz yigitlari nonushtaga tandir go’sht yeb o’rganishganda.

Firdavs Kholturaev

Tur soat 10 da boshlanishi kecha aytgan edi. Aytilgan vaqtda aytilgan joyga keldik. Bizni speedboatga olib keldi.

Tur boshlandi. Birinchi bo’lib maymunlarni ko’rishga bordik. Keyin vikinglar yashagan g’or. Undan keyin chiroyli plyajga olib bordi. O’sha yerda maska berishdi va suv osti dunyosi ozroq vaqt kuzatdik.

Bu yerdan chiqib Leonardo Di Kaprioning “Plaj” filmi suratga olingan plyaj – Maya Bayga bordik. Juda ham chiroyli lekin turistlar juda ko’p, ayniqsa meni onamga oxshab, quyoshni ko’rsalar zontik, yengi uzun ko’ylaklar kiyib olagan Xitoylik turistlar ko’p. Xitoylik turistni ajratib olish oson, ular butun tanasini yopib olib, katta shlyapa va ochki toqib yuradi. Huddi nindza kabi!

Maya Bay Beach
Maya Bay, Tailand

Maya Baydan chiqib boshqa joyga olib borishdi bizni va 1 soatlar maska bilan baliqlarni tomosha qildik. Maskani kiyib olib, ochiq okeanda baliqni ko’rishdan ham mazza maroq bormi?

Baliqnarni ko’rgandan keyin, quyosh botishini tomosha qildik. Har doim hayron qolar edim, nimaga buncha odamlar quyosh botishini ko’rishni xoxlaydi deb. Shaharda quyosh botishi boshqa, okeanda gorizont ko’rinib turganda, quyosh botishi umuman boshqa korinish, juda chiroyli bo’lar ekan.

Maykani izini qarang!

Quyosh botdi, lekin bizni tur tugamabdi. Quyosh botib qorong’u boldi va kechda nimani ko’rsa bo’ladi deysiz a men silarga planktonlarni ko’rsa bo’ladi deyman. Plankton? Ha, planktonlar. Plankton ham oddiy emas, yonadigan! Planktonni kim nimaligini bilmasa – bu suvda juda mayda zarraday jonivorlar. Ular odatda baliqlarga oziqa uchun dunyoga kelgan. Planktonlar o’zlari suza olmaydi, suv oqimi qayerga olib borsa o’sha yerga ketaveradi. Kechga yaqin suv oqimi planktonlarni qirg’oqqa yaqin olib kelar ekan. Qo’lizni suvda qattiq xarakat qilsangiz planktonlar sexrli yongan zarraday ko’rinadi. Huddi ko’ziz oldida mo’jiza bo’ladiganga o’xshaydi. Afsus uni rasmga olib bo’lmaydi.
Bu kunning ohirgi ekskursiyasi edi. Hammamiz charchagan xolda orolga qaytdik, qornimiz ham och qolgan edi. Niyatimiz tezroq dush qabul qilib qorinni to’ydirish edi.
Dushni qabul qildik, yahshi niyatlar bilan mehmonxonadan chiqsak, odamlarni yugurib yurganini ko’zimiz tushdi. E’tibor qilmadik, mexmonxona oldida ikkita rus qiz o’tirgan ekan, bizga qarab bormanglar u yerga magazin yonayabdi dedi, biz esa hazil qilib – biz u yerga kabob zakaz qilganmiz, shuni pishirishayapti dedik. Oldimizdan yana odamlar hovliqib chopib o’tayabdi. Sekin sekin ovqatlanishga joy qidirib boraversak, yanada ko’p odam oldimizdan yugurib o’tishayabdi. Keyin burulishda burilgan edik, ko’chani to’rida olov juda kata yonadiganini ko’rib hayratda qoldik.

Phi-Phida yong’in

Birinchi xayolga kelgan narsa 101ga telefon qilish kerak! Stop! Qanaqa 101? Biz O’zbekistonda emasmizku… O’rtoqlarimiz bilan mehmonxonaga qaytib hamma narsamizni yig’ishtirib, orolni boshqa tarafida borishni kelishib oldik. Sababi, olov yonadigan joy, bizni mexmonxonamizga juda yaqin.
7-8 minut kerak bo’ldi hammamiz sochilib yotgan narsalarimizni sumkaga joylab olish uchun. Odatda, ujinga chiqamiz desak kamida 1 soat vaqt kerak bo’lar edi. Mehmonxonadan chiqib, orolni boshqa tarafiga qarab yo’l oldik. Hamma magazin-u mehmonxonalar atrofidagi o’tlarni o’rishni boshladi, menimcha olov o’tmasligi uchun. Bunaqa xolatni ko’rib undan ham qo’rquv bosa boshladi. Soat bor yo’gi to’qqiz kechqurun, orolda esa 24 soat ishlaydigan hamma do’kon-u, restoran-u hamma hamma joy yopildi. Sababi, xolat izdan chiqadigan bo’lsa, odamlar hamma joyni talon-taroj qilib, narsalarni olib ketmasligi uchun. Lekin botir magazinlar ham bor edi. Odamlar tartib bilan, navbatga turib, narsalarni xarid qilishdi. Biz ham suv va qornimizni to’ydirishga mayda chuyda sotib oldik. Sotuvchi insofli oila ekan, atrofda yagona ochiq do’kon bo’lishiga qaramay narxlarni ko’tarmagan. Orolni boshqa tarafida o’tish vaqtida, orolni tepa qismiga kelib qoldik. Bu yerda yong’in bo’ladigan joy yahshi ko’rinar ekan, uni ustiga kafe ham bor. Lekin kafeda ovqat sotilmayapti. O’zimiz bilan olgan narsalarimizni yeb, yong’inga qarab o’tirdik. 1 soatlar o’tirdik.
Agar butun orol yonsa nima qilishni o’yladik. Qiziq shunaqa bo’lishi mumkinmi? Yon’gin pasaydi. Mexonxonaga qaytib, narsalarimizni qo’ydik. Qorin uncha to’ymagan. Odamlardan so’rasak, plyajdagi kafelar ishlayapti deyishdi. Plyajga borish uchun, yong’in markazidan o’tish kerak. Sekin sekin yong’in bo’ladigan joyga yaqinlashdik, yong’in bartaraf etilay deb qolibdi. Hammasini mahalliy aholi bilan turistlar, chelakda suv toshib o’chirishgan. Qoyil! Biz esa o’t o’chiruvchilar o’chirishayabdi deb o’ylagan edik. O’rolda maxsus o’t o’chiruvchilar yoq ekan. Bor bo’lganda yetib kelishar ediku?! Qanday yetib keladi lekin, mashina yuradigan yo’lak yoq. Qiziq jumboq bo’lib qoldi menga. Men mexmonxonaga qaytib dam olishga qaror qildim.

4-kun, Phi-Phi → Krabi

Ertasi kun ertaroq turdim va yon’gin oqibatlari bilan tanishdik. Yong’inda kafe, magazin va hostel jabr ko’rgan ekan. Afsus…

Nonushta qildik. Hammamiz birga orolni eng balang choqqisi Phi Phi viewpoint-2 ga chiqishga qaror qildik. U yerdan juda chiqoyli manzara ochilishini bilar edik. Hozir borsak bordik yoki hech qachon, sababi soat 13.00da kemaga biletimiz bor. Eng baland cho’qqiga chiqish oson bo’lmadi. Bilmadim nechta zinapoyadan o’tdik. Tahminan 1 soatlarda chiqib keldik. Bu yerga chiqmasdan ketsak edi, o’zimizni kechirmas edik. Shunaqa chiroyli manzara.

Phi-Phi viewpoint
Futbolka terga botgan. Bu yerga siqib kelish ham o’ziga yarasha mashaqqat.

Ozgina damimizni oldikda, ortga qarab yo’l oldik. 15 minutlarda pastga yetib keldik. Kema ketadigan vaqt ham bo’lib qolgan edi. Kemaga mindik. Tashqari o’ta darajda issiq, kema ichi o’ta darajada sovuq

Muzlab, Krabi shariga qarab yo’l oldik. Chamasi 2 soatchalar suzdik. Yetib keldik Krabiga. Bu safar tayyorgarlik qilganmiz, mehmonxonaga qanday qilib yetib borishni bilamiz.

Krabi pirsi

Menmonxona “Krabi Royl Hotel“, narhi tahminan $12 bir kunga. Juda shinam va personal xush muomala.

Xona ko’rinishi huddi rasmni o’ziday

Krabida 2 kecha qolish rejalashtirilgan. Shahar juda tinch. Kambodjaga ketishgan oldin, sal soshilmay dam olishgni mo’ljal qilganmiz.
Hammamiz joylashib olib, shaharni o’rganishga chiqdik. Mexmonxonadan chiqishda, bizga bepul shahar markaziga olib borib qoyishni taklif qilishdi. Mana buni servis desa bo’ladi! Mehmonxona o’zi qimmat emas lekin servis yuqori darajada.

Vaqt ham 20.00 lar atrofida bo’lib qolgan edi. Markazda dengiz mahsulotlari tayyorlab beradigan kafe bor ekan. O’rtoqlarim dengiz taomlari oshxonasiga to’xtashga qaror qilshdi. Nimalar tayyorlamaydi-e u yerda. Qisqichmabaqa, krevetka, baliqlar, molyuskalar, sakkizoyoq, kalmar, midii va juda qo’rqinchli dengiz mavjudotlari. O’rtoqlarim yana Tom-Yum, krevetkalar, kalmar, dengiz balig’i buyurtma qilshdi. Men ham qo’shilib baliq va 2 dona krevetka buyurdim. Rostini aytaymi? Hech qaysi yoq-ma-di! Men qozon kabob, jiz shashlik, oshni sog’indim-ku! Qorin to’ysin deb, pulim kuygan deb yedim. Qornim to’ymagandan tovuqlik biron narsa zakaz qilay desam, menyuda yoq ekan.

5-kun, Krabi

Uyqudan turib nonushtaga joy qidirdik. Mehmonxonadagi oshxonga soat 7 dan 10 gacha ishlar ekan. Biz soat 10 dan o’tib xarakatimizni boshladik. Mexmonxonadan chiqib, tavakkal yo’ldan yurib, bir restoranga uchradik. Nonushta uchun menyu yoq ekan. Soat ham 11 bo’lgan edi. Birdaniga nonushta-obed qildik. Menyuda tovuq bor ekan! Bingo! Va nihoyat men bilgan narsa. 2 porsiya qovurilgan tovuq yedim. Oh, mazza qildim lekin. Bir urunishda topinglarchi o’rtoqlarim nima yedi? Albatta Tom-Yum
Schet 6 kishiga 1555 bat($50) bo’ldi.

Xira kadr uchun uzur
Men, Dima va Aziz

Qornimizni to’ydirdik va yana mehmonxonaga dam olishga qaytdik. 2-3 soat damni olib bo’lganimizdan keyin yana shaharga qarab otlandik. Bu safar bepul mashinaga bizni bozorga olib borishini so’radik.
Bozor katta emas, mana bu yerda narxlar arzon desa bo’ladi. Rostini aytsam ujinga yana dengiz mahsulotlari ham, tovuq ham yegim kelmadi. Banan, mango, kakos, marakuya va qolgan bilmagan mevalarimni sotib oldim. Shular bilan qorinni to’ydirishga qaror qildim.

Marakuya 1 kg $3 atrofida

Bozordan chiqib, Krabi shaharni belgisi bo’lmish Krab(qisqichbaqa) bronza haykaliga bordik. Oldida rasm tushdik, ozgina o’tirdik dam olib. Rejalarimizni gaplashib oldik.

Azizxon aka, Dima, Sanjar, Elyor va Farhodjon. Firdavs rasm tushurayapti

Krabi shahri juda tinch, odamlar shoshilmay yurishi sezilar edi. Ayniqsa Phi-Phi orolidan keyin bu narsa yaqqol sezildi. Piyoda magazinlarni aylanib, shaharni o’rganib qaytdik. Evropalik o’rtoqlarimiz esa ekskursiya olgan ekan, eng baland ibodadatxonaga chiqishib rosa charab qolishgan ekan.
Men aytganimday mevalar bilan kechga ovqatlandim.
Biz jim o’tira olmaymiz. Soat 22.00 larga yaqin mahalliy klubga bordik. Bu klubga bir kun oldin Elyor borib kelib, bizni uyqimizni buzgan edi. Bordik u klubga ham. Bizdan boshqa turist yoq, yahshi dam oldik, musiqalari jonli va chiroyli ekan. Saxnada hech kim raqs tushgani yoq, lekin biz bunaqa musiqada o’zimizni ushlab tura olmadik 🤟

6-kun, Krabi → Bangkok

Kechasi 3ga yaqin mexonxonaga qaytdik. Narsalarni tayyorladik ketishga. Soat 4 ertalab boldi. Ertalab soat 8.30da Bankokka reysimiz bor. Eng kechi 7da aeroportda bo’lishimiz kerak. Mehmonxonadan aeroportgacha yo’l 1 soat. Demak mehmonxonadan soat 6da chiqishimiz kerak, uyqudan esa 5.30 o’yg’onish shart. Uhlashga qancha vaqt qolayabdi?  Bir yarim soat!!! Uh, bunaqa uyqu hech kimga tilamayman. Shunday ko’zimni yumdim, budilnik chalindi. Telefonimni tomi ketganmi, hozir yotdimku deb soatga qarasam soat 5.30! Tanam, Farxod, hali uhla, nima qilasan samoletga borib,  keyingi reys bilan uchasan deyabdi  Yoq! Yana krevetka yegim kelmayabdi dedimda, turdim. Hammani o’ygotdim. Elyor – meni taylab ketinglar deb men bilan janjal ham qilib oldi, uyqisini shirinlik qildi. Qanchalik men uni tushunaman. Mehmonxonani aeroportga olib borish qo’yish xizmati bizga ancha asqotdi. Kechikmay yetib bordik. Aeroportda yarim soatlar uhlab oldikda va Bankokka qarab uchdik. Sanjar o’rtogim joy o’rindiqqa uhlay olmaganidan yo’lakda uhlay boshladi.

Sanjar Khalturaev, Krabi aeroportida uhlayapti =)
Xayr Krabi!

Bilet narhi $73. 1 soat 20 minut uchar ekan. Ko’z ochib yumguncha Krabidan Bankokka ham kelib keldik.

Yerga qo’ndik. Rosti, samoletda uchishga charchadim. Bilaman samolet dunyodagi eng havfsiz transport turi lekin baribir menga samoletdan qo’rqish bor. Ayniqsa bulutni orasidan uchsa, men uchun asablarimni sinovi bo’ladi. Bankokni Don Muang aeroportiga uchib keldik. Samoletdan chiqib umumiy yo’lakka o’tganimizda bir narsaga e’tibor qildim. Kompyuter va teplovizor bilan kimni tana xarorati yuqori bo’lsa ularni ushlab qolishayabdi. Mamlakatda epidemiyani oldini olishga yahshi chora.

Aeroportdan chidik, Taxiga minib AirBnb servisi orqali bron qilinga uyga yetib bordik. Uyimiz Bankokni mashxur Koasan Road oldiga yaqin joylashgan.

Orqada turgan uyga joylashdik. Yuqori qavat to’liq bizga berilgan

Soat 11lar atrofi bo’lib qoldi. Narsalarimizni uyga qoyib, obedga chiqdik. . Bron qilgan uyimiz Bankokni mashxur ko’chasi Khaosan Road ga juda yaqin. Bu ko’cha Bankokni eng mashxur ko’chasi desam anglashmayman. Chamasi 500-700 metr chiqadigan uzun ko’chada hamma narsa bor. Jumladan, banklar, McDonald’s, kafelar, massaj, klub, mehmonxona, apteka, market, diskotega, tatu salon, kiyim kechak magazinlar, ish qilib yo’q narsani o’zi yoq bu yerda. Turistga uchun nima kerak bo’lsa hammasi bor.

Khaosan Road, Bangkok, Tailand

Obedni Koasan Roadda qildik. Men tovuq zakaz qildim. Dima spagetti dengiz mahsulotlari va qolganlar yana TOMYUM!!!!

Sakkiz oyoq, kalmar, spagetti va sabzovotlar bilan
Tom Yum

To’ymadilaringmi Elyor, Sanjar, Aziz, FIrdavs Tom Yumdan? Obedni qilib olib uyga qaytishga qaror qildik. Bir tarafdan shaharni aylangim kelayabdi ikkinchi tarafdan esa dam olgim ham kelayabdi. Kechasi bir yarim soat uyqu bo’lgan. Dam olishga qaror qildim. Uyga qaytdikda, 4-5 soat uhladik. Quyosh botgandan keyin yana ko’chaga chiqdik. Maqsad, uydagilarga Bankokdan sovg’a-salomlar olish va qorinni to’ydirish. Ertasi kun biz Kambodjaga uchishimiz kerak va shu bilan Tailandga qaytib kelmaymiz. Bankokda nima qilish mumkin deb qaradik internetdan. 51 etajda, Skybar bor ekan. Undan shaharga go’zal manzari ochilishi o’qidik. Shunga qarab yo’l oldik. Tuk tukka $2 dan berdik va bizni g’izillatib yetkazib qo’ydi manzilga.

Firdavs va men

Afsus, Skybarga hammamiz kira olmadik, dress kontrol bor ekan. Qolganlar kutib turdi, men qanaqa joy ekanligini ko’rib keldim. Skybar ikki qismga bo’linga – bar va restoran. Restoranga kirish uchun oldindan bron kerak ekan, shuning uchun barga o’tdim. To’gri 64-etajdan manzara juda chiqoyli lekin odam juda ko’p. O’tirish tugul yurishga ham joy yoq.

U yerdan chiqib qayerda kechgi ovqat qilishni o’yladik. Ozgina piyoda yursak hech qanaqa joy chiqmadi. Hammani fastfood yeyishga ko’ndirdim va McDonalds yoki KFC kartadan qidirdik. Piyoda yurib KFC yetib keldik. Tanish ta’mlar deb shunga kirdik. Qorin juda och. Tovuqni eng katta porsiyasidan zakaz qildim. Yarimi ham yeya olmadim. Shirin juda, faqat achchiq. Uyga olib qaytdik va ertasi mazza qilib samoletda nonushta qildik.

Qolgan ovqatlar ko’pligini qarang

Bo’ldi, Bankokdagi sayohatimiz tugadi afsus. Agar Krabida klubdan ertaroq kelib, uyqudan to’yganimizda edi, Bankokda ko’proq joyni ko’rar edikmi? Biz yarim kunni uyqi bilan o’tkazdik. Ha mayi, bu ham dars bo’ldi. Ertasi kun soat 7 da ertalab Kambodjiyaga reysimiz bor. Soat 5.30da turib aerportga qarab yo’l oldik.

Airasia aviakompaniyasiga biletlarni internetdan 3 oy oldin olganmiz. Bagajimiz yoq deb ko’rsatilgan. Ruchnoy klad 7.5 kg ruxsat. Eng yengil sumka menda bo’lsa kerak, u ham 12 kg. Qolganlarniki 16-20kg. Samoletga posadka vaqtida, xodim kimni sumkasi ko’ziga og’ir ko’rinsa shuni toxtatib tarozida o’lchatayapti. Birinchilardan Firdavs o’rtogim o’tdi va uni sumkasi juda katta va aeroport xodimi ushladi. Ana tamon dedik! Taroziga sumkani qo’ysa 18 kg 7.5 kg qil keyin samoletga minasan dedi. Bagaj to’layman desa uje kech.Firdavsni chetga olishgan. Siz nima qilar ediz shu xolatda? Biz oldikda, kompaniya xodimiga bildirmay har birimiz 3-4 kg narsa qo’lidan olib ketaverdik Firdavs sumkani taroziga qo’ysa 7 kg chiqqan. Xodim qani narsalaring desa Firdavs taylab yubordim degan. Shunday qilib do’stimizni qutqarib qolib Kambodjayaga uchib ketdik.

Tailand haqida xulosa fikrlarim

Xulosa qilib aytganda jami Tailandda 5 kunda $350 xarajat qildim. Ichidagi eng katta xarajat $70 viza. Tailandga kelsangiz kuniga eng kamida $40 xarajatni xisobga oling. To’gri $25-30ga ham kunni o’tkazsa bo’ladi, agar mehmonxona emas hostelda tursangiz, hamma kiradigan kafeda emas ko’cha ovqatidan ovqatlansangiz, shunda kuniga $30 yetsa kerak. Misol uchun Phi-Phi orolida nonushta $7-8 dan qilar edik. Lekin $4 ga ham yoki $10-15-20-25 ga ham qilsak bo’lar edi. Tailandni tabiati juda yoqdi. Baxtimizga bir marta ham yomg’ir yog’madi. Phi-Phi orolini oladigan bo’lsak u men bob orol ekan. Internetda Tailandliklar juda xushmuomala deb o’qigan edim lekin unaqa odamlar kam uchradi. Yana qaytib kelar edimmi Tailandga? Ha! Bankokka emas balkim orollariga borar edim. Tailandni hali turistlar bosmagan juda ko’p orollari bor.

Shu bilan Tailandda bo’lgan sarguzashlar tugadi. Endi navbat Kambodjiayaga!