Tailand Qirolligiga sayohatim 1-qism

Ushbu matnni yozishimdan maqsad, o’rtoqlarim bilan o’tgan kunlarni yodga saqlab qo’yish. Avtorlik mahoratim yo’q, shuning uchun oldindan xatolarim uchun uzur so’rayman. Sahohatimiz 31.01.2018da boshlanib 16.02.2018 yakunlangan. 17 kun ichida Malayziya, Singapur, Tailand va Kambodja davlatlariga borish nasib qildi.

Phi Phi orolida eng yuqori viewpoint

Rejamiz, Singapurdan Tailandni Krabiga shahriga uchib kelib va shu kunni o’zida Phi-Phi oroliga yetib borish. Phi-Phida 3-4 kub qolib yana Krabiga qaytish. Krabida 1 kun qolib Kambodja poytaxti Phnom Penga uchib ketish.

Tailand poytaxti Bangkok. Tailand aholisi 72 million. Pul birligi BAT. Davlatni bosh vazir va qirol boshqaradi. Qirol oilasiga hurmat juda yuqori. Qirol oilasi rasmlarni pullarda aks etirilgan va ko’chalarda ko’p uchratish mumkin.

Photo by ED WRAY

Tailand, menga tushunarsiz xislar qoldirdi. Bir tarafdan ajoyib tabiat, ikkinchi tarafdan kir va badboy hidli shahar ko’chalari. Bangkok markazida osmon o’par bino, bino atrofi esa chiqindidan to’lgan. Albatta 1 ta bino oldidagi bu xolat bilan hamma joy shunaqa ekan degan xulosa kelish ham notogri.

1-kun, Singapur 🇸🇬→ Krabi 🇹🇭→ Phi-Phi 🏝

AirAsia avia kompaniyasi orqali Singapurdan, Tailandning Krabi shahriga, 1 soat 30 minutda uchib keldik. Bilet narxi $113. Samolet Airbus A320. AirAsia avia kompaniyasida styuard va stuardessalar O’zbekiston Xavo Yo’llaridan farqli faqat yoshlar ishlaydi.
Krabidan biz, Phi Phi oroliga suzib o’tishimiz kerak. Eslatib o’taman, biz 8 kishi sarguzat qilayabmiz. 5 ta O’zbekistonlik, 1 ta Qozog’istonlik va 2 ta Vengriyalik do’stlarimiz.

Uchib keldik Taylandga. Vizani narxini $30 dan xisobga olsak aslida $70 ekan. Hamma o’rtoqlarim $70 dan to’lab passportiga viza pechati qo’ydirishdi. Evropa fuqorolari viza uchun to’lashi shart emas ekan. Navbat menga keldi. Wi-fi qidiraman, hech bepuli chiqmaydi, viza $70 ga ko’tarilganlik haqida ma’lumotni o’qimoqchimen. Hayolimda viza beruvchi ofitser bizni almoqchi. Krabi mayda shahar, aeroporti ham mayda, shunga ofitser kissasiga urayabdi deb o’yladim. To’grida, ofitser opa pulni olib chek yoki pul to’langanlik haqida qog’oz ham bermayapti. Uni ustiga oldimda Xitoylik juflik turibdi, ular ham takidlashicha viza $30 lekin ulardan ham $70 dan olishibdi. Ofitser opani oldiga keldimda, qayerdan o’qisam bo’ladi qachon vizani narxi ko’tarilganini desam, internetda o’qigin dedi. Men simkartam yoq, bu yerda bepul wifi ham yoq desam, telefonini uzatdi. Uni internetidan foydalanib, xaqiqatdan ham viza $70 ekanligiga amin bo’ldim.
Lekin hozir men viza olishda rad qiladi degan fikr ham yoq emas edi.

Krabi aeroporti

Bojxona tekshiruvlaridan o’tib, dollarlarimizni Tailand BATiga almashtridik. 1 AQSH dollariga 32 Tayland BATi berishdi. Tailandni pullarini dizayni uncha yoqmadi. Balkim ayirboshlash shahobchasi kir pullar bergani uchunmi Aeroportdan chiqdik, taxi ushlab biron portga borishimiz kerak. Taxi bilan tog’ridan tog’ri gaplashib bo’lmas ekan. Hammasi o’rtakash firmalar orqali jo’nashini aniqladik. O’rtakashga bizni eng katta portga yubor dedik. Hop dedida 8 kishiga miniven topib berdi.

Aziz bilan Agi. Chetdagi rozoviy mayka bizga aloqasi yoq.

Taxi har birimizga 75bat($2.5)dan tushdi. Taxi qaysi portga borasizlar va o’zi qaysi orolga bormoqchisizlar deb so’radi. Afsus biz tayyor emas edik bu savolga javob berishga Sababi 1 kun oldin, soat 5 ertalabgacha Singapurda Marina Bay klubida edik. Samoletimiz esa Singapurdan soat 13.40da uchadi, aeroportga eng kechi 12 larda bo’lishimiz kerak. Turgan joyimizdan, Singapurning Changi aeroportigacha 30 minut yo’l. Mehmonxonadan 11.30 da chiqishimiz kerak. Soat 11 da o’yg’onib shoshilinch tayyorgarlik ko’rdik. 2 kishi tayyorlanishi oson, lekin biz 6 kishi, Yevropalik o’rtoqlarimiz boshqa mehmonxonada qolishgan. Shoshib pishib yetib olganmiz aeroportga. Sizlarni gap bilan bo’lib yana Singapurga olib borib qoydim. Yana Taylandga qaytamiz.
Taxiga tavakkalni boshi kal dedikda, bizni eng katta portga olib bor deb aytdik. Taxi ham kulib-kulib otasini ofisiga olib keldi, otasi esa orol bo’ylab tur sotar ekan. Yoq, bizni boshqa portga olib bor desak, mana deb maydagina otasi ishlaydigan port(pirs)ni ko’rsatayabdi. Raqobat yoq joyda narxni o’zi bilgancha qo’yib o’tiribdi. Bizni aybimiz oldindan internetdan qayerga borish kerakligi o’qimaganimiz. Taylandliklar menga ijobiy xis qoldirmadi. Uchib kelganimizdan 3 kishiga murojat qilgan bo’lsak – o’rtakash, taxi haydovchisi, kemaga bilet sotuvchisi va har safar bizdan ko’proq pul olishga xarakat qilish niyatida edi. Ularni ko’zida hammamiz sumkamizda 1 million dollar o’lib yurganday ko’rindikmi.
Phi-Phi oroliga ohirgi kema, soat 3 da jo’nagan ekan. Biz esa soat 3.30 larda pirsda edik. Soat 3 da jo’naydigan kema narxi 450 ($14) bo’lgan. Boshimiz qotib qoldi, nima qilishni bilmay. Tez yurar shahsiy kema 12000 BAT ($375) so’radi, xar birimizga 1500 BAT($48) tushayabdi. Xisob kitob qilsak byudjetdan chiqib ketayapmiz. Oldindan bron qilingan mexmonxonaga telefon qilib, balkim bugun kelmasligimiz mumkin deb aytib qoydik.

Hech kim bizni olib ketgisi yoq. Hammani og’zida bitta gap – kech bo’ldi va to’lqin kuchayabdi. Soat chamasi 16.00 bo’ldi. Bitta o’rtakash keldida tanishim olib ketadi dedi, narxi 10000 bat. Biz 5000 bat beramiz dedik. Savdolashib 6000 batga($188) to’xtadik. Har birimizga 750 bat($25)dan tushayapti. Endi muammo shuki, pulni oldindan beringlar deydi. Biz berishga tayyor faqat u dallol huddi ko’chadan kelgan lo’liga o’xshaydi. Qaysi qayiqqa ketamiz desak – yog’ochli va usti ochiqni ko’rsatdi. Tailandliklar uni “longtail boat” deb nomlaydi.

Longtail boat

Qayiqni oldiga borsak, “Kapitan” ham yetib keldi. Biz so’radik, pulni sizga beraylikmi yoki dallolgami desak u ham oldida pulni menga berasilar, dallolga emas deb ishonchimizni sindirib tayladi. Dallol esa pulni menga bermasalaring ketmaysilar deydi va pirsni xo’jayini men deb baqiradimi-e. Bu yerdan esa “Kapitan” hozir beringlar pulni, men borib salyarka olib kelaman deydi. Bizni boshimiz qotgan, unga tushunturayapmiz, aldanishdan qo’rqayabmiz deb, ishoninglar deb ishontirayabdi. Ohiri biz ham charchadikda, hammalaring uhlanglar, biz shu kecha shu yerda qolib, ertaga ketamiz degan edik, kapitanni qayerdandir salyarkaasi paydo bo’lib qoldi. Nechi soat yuramiz desak, havotir olmanglar tez boramiz dedi. Ilojimiz yoq, agar bugun yo’lga chiqmasak, Phi Phi orolida mehmonxonasiz qolib ketishimiz mumkim. Hozir yana shu xolatga tushsam, jimgina tezyurar qayiqqa mingan bo’lar edim. Endi davomi eshitinglar tog’rirog’i o’qinglar.

Mindik, har birimizga qutqaruv jiletini berdi, qayiq yurdi. Hamma hursand. Rasmga tushayabmiz, yarim soatlardan keyin ochiq okeanga chiqib qoldik, atrofda yer korinmaydi, to’lqin juda balandlashayabdi, qayiqni u yerdan bu yerga ota boshladi.
Izimizdan bitta qayiq keladigan edi u ham boshqa tarafga burib ketdi. Ochiq okeanda biz va bizning “kapitan” qoldik. Qayiq haydovchisi yani bizni qo’shtirniq ichida “kapitan” nimaga qarab orientasiya oldi bilmayman.

Tahminan soat 16.15 larda yo’lga chiqdik, soat 18.00ga yaqinlashib qoldi. Quyosh ham botdi, biz hali ham yo’lda to’grirogi Hind okeanida. Sumkalarimiz, kiyimlarimiz va qolgan hamma narsa suv bo’ldi. Sababi to’lqin kuchli va suv qayiqqa to’xtamasdan sachrayabdi. Yahshi ham bitta mayda, suv o’tmas sumka bor edi, telefon-u dokumentlarni ichiga taylab qo’ydik. Ustimiz ham ho’l bo’lgan, shamol kuchayabdi, qayiq tez yurabdi, muzlab qoldik. Qorong’u, biz hali ham yo’lda. Atrofda yer ko’rinmaydi. Telefonda  kartani ochib qayerga suzishni mo’ljalga olib qoydim😃 Kapitan ham junglidan chiqqan “brat” ekan. Tasavvur qiling, to’lqin baland urayabdi, tezlik ham yahshigina lekin bizni kapital rulni taylab 3-5 min motor kovlaydimi, rulda uhlab qoladimi.

Bizni Jack Vorobey kapitanimiz

Uch yarim soat yuragimizni deganda, muzlab, qaltirab, yetib keldik Phi Phi oroliga. Kapitan, agar kerak bo’lsam murojat qilinglar deb bizni tushurib qoydi. Aha, hozir murojat qilamiz…
Kechqurun orol o’zining chiroyi bilan kutib olmadi. Balkim biz juda charchagan edikmi…
Orolda mashina yoq, sanoqli motosikllar. 95% turistlar bu 19-30 yoshli yoshlar. Menimcha orolni 3-4 soatda piyoda to’liq aylanib kelsa bo’ladi. Qiz-u o’g’il plavkada yuribdi, plyaj bir qadam, xoxlagan vaqt cho’milib oladi.

Vaqt ham kech bo’lib qoldi. Mehmonxonaga ham yetib keldik. Mehmonxonga kelsak opacha bizga qarab – yahshi yetib keldilaringmi? Sizlardan juda havotirlandim dedi opacha. Biz “longtail boat”da kelgamizni aytdik. Opacha unaqa qayiq kech vaqt yurishi mumkin emas, sog’ salomat kelgan bo’lsalaring hursandmen deb qo’ydi. Biz yana bir marta tushundikki, g’irt ekstremal “kapitan”ga tushganizmizni =) Mehmonxonaga ham joylashdik. Dush qabul qilib, 10minutlar dam oldik.

Qorin ochlikka tan berib to’yib qolgan edi. Soat 21.00 dan o’tdi. Ko’chaga chiqib, yo’lak qayerga olib borsa shu tarafga qarab yurdik. Bir chiroyli restoranga kelib qoldik. Do’stlarim Taylandni mashxur milliy taomi Tom-Yamni yeyishni taklif qilishdi. Rostini aytsam, bitta qo’yni olib kelsa yeb qo’yishga tayyor edim. Nima ham deyar edim… Tom-Yum bu silarga osh emas, lag’mon ham emas. Kerak bo’lsa mastavaga ham almashtirmasdim. Tom-Yam deganlari menga umuman ma’qul bo’lmadi. Ovqatning asosiy ingridientlari – krevetkalar, kokos suvi, imbir, qo’ziqorinlar, lemongrass degan o’t va qolgan men bilmagan ziravorlar. Oshqozonim shokda qoldi, egam nimalar yeyapdi o’zi deb. Do’stlarim shunaqa ishtaxa bilan yeyishdiki, men hayratda. Shu yerda birinchi marta kokos suvini ichdim. Kokos suvi oddiy suvga salgina shakar qo’shilgan va ichavergan sari uni boshqa ichishni xoxlamay qoladigan xis berdi menga, me’daga birdaniga tegib qoldi.

Ovqatlarini yedikda orol ko’chalarini aylana boshladik. Orol ko’chalar tor. Kechasi bilan odam gavjum ko’chada. Aylanib aylanib plyajga chiqib qoldik. Plyaj bo’yida faqat klublar. Klub egalari ko’proq mijoz jalb qilish uchun olov shoularni o’tkazib, hammani e’tiborini oziga tortishmoqda.

600 metrlar qirg’oq bo’ylab yurib, klublarni ohiriga ham keldik. Qaysidir o’rtoqlarimiz qolishdi klublarda, kimlardir ujindan keyin mehmonxonaga qaytishdi. Men esa o’zim qolib ketdim. Tahminan 2 soatlar mehmonxonani qidirdim. Soat 12 kechasi. Odamlardan mehmonxonani nomini aytib so’rasam tog’rini korsatadi, 10 minut yurgandan keyin so’rasam orqa tarafni korsatadi. Orqaga yursam mehmonxona yoq. Orolni aylanib yuraverdim… Shunchalik charchadimki, ko’chada uhlashga ham tayyor edim. Bir ikki kishi ko’chada uhlaganlarni ko’rdim, oldiga yotaymi yoki o’zim alohida yotaymi deb ham o’ylab qolib, joy tanlay boshladim. Charchoqdan ko’zimga hech narsa ko’rinmayabdi. 12 soat ichida samoletga mindik, mashinaga mindik, qayiqqa mindik, poezdga ham minsak kam bo’lmas edi. Ohiri topdim ee bu mehmonxonani! Aslida esa, mehmonxonani oldidan 2-3 marta o’tganmen, mehmonxona oldi yopilsa umuman boshqa ko’rinish bo’lib qolar ekan. Shunday xonaga kirdim, kiyim bilan tayladim uhlashga. Oh krovat… qanday mazza uhlash…

2-kun

Kech yotganmiz va kech turdik. Dima o’rtog’im bilan birinchilardan turgamiz uchun notushtaga joy qidirib chiqdik, bir yahshi kafega keldik. 2 ta tuxum, 2 ta tost, vafli, kofe va mangofresh zakaz qildik. Juda mazali nonushta bo’ldi.

Mexmonxonaga qaytdik. O’sha kun ikki guruhga bo’lindik. Men, qozog’istonlik Dima o’rtog’im bilan va qolgan 6 kishi alohida guruh. Maykada va plavkada orolni aylanishga chiqdik. Sekin sekin orolni o’rgana boshladik. Orol mayda bo’lishiga qaramay, orolda McDonald’s va BurgerKing bor.

Phi-Phi tor ko’chalari
Har bir ko’chani ohirigi qirg’oqqa olib keladi

Aylanib bir plyajga kelib qoldik. Nomi Loh Dalum Beach. Bu silkaga bossangiz borgan plyajni 360 gradusda ko’rsangiz bo’ladi. Cho’mildik va albatta rasm tushdik😎 Manzara juda juda chiroyli, huddi rasm chizib qo’yilgandek. Oppoq qum,  issiq okean suvi, atrofida tog’lar, kemalar… Cho’milib, suvdan och qolib chiqib, svejiy(shu so’zni tarjimasini kim biladi?) mevalardan tayyorlangan kokteylni ichish maroqi boshqachada. Birdaniga yana kuchiz kirib qoladi. Odamlardan qaysi plyaj eng chiroyli va toza desak Long Beach deb aytishdi. 1 soatda piyoda yurib yetib borsa bo’lar ekan. Mehxonxonaga qaytdik, telefon va qimmat baxo buyumlarni qoldirdik-da, sekin sekin eng toza va chiqoyli plyaj taraf yo’l oldik.

Long Beachga borguncha shuni tushunib yetdikki, biz orolni eng markazi, shovqin joyidan mehmonxona bron qilgan ekanmiz. Orolni boshqa tarafi juda tinch va osuda. O’ylab qarasa menga tinch tarafi kerak emas, kechga zarikalarni bo’ladi. Long Beachga ham yetib keldik. Haqiqatdan ham chiroyli ekan. Odam ko’p bolishiga qaramay, hammaga joy yetarlicha. Rasmlarni internetdan oldim, biz hamma aparaturani mehmonxonaga taylab chiqqanmiz.

Kunimizni ancha vaqtini osha yerda o’tkazdik. Quyosh botishidan oldin mehmonxonaga qaytdik. Oynaga qarasam kuyib ketibman. Yelkalarim qip-qizil, maykani izi pechat bo’lib yotibdi. Men krem surtmasdan, o’zimizni O’zbekistonda undan issiq quyoshda yurganmen deb, yuribmanda bemalol. Kechga yaqin, yelkalarim yomon achisha boshladi. Hechdan ko’ra kech dedimda kremni surtib oldim. Bilmadim, yordam qildi shekili krem. Mexonxonada 2-guruh o’rtoqlarimiz bilan ko’rishdik. Ular ham Long Beachga borishgan ekan. Lekin bir birimizni ko’rmaganmiz.
Orolda quyosh botishi bilan kechki hayot boshlandi. Hammamiz birlashib ujinga chiqdik.

Tor ko’chalarda nima yesak ekan deb aylana boshladik.

Ujinga baliq yedim, Tom-Yumdan ko’ra ancha durust. O’rtoqlarim yana Tom-Yum yeyishdi. Ujin vaqtida ertangi kunni rejasini tuzdik. Bir kunlik tur olishga qaror qildik. Qo’shni orollarga va mashxur joylarga tur oldik. Tur narxi har bir kishiga $50. Ichiga bir marta ovqat, cheklanmagan ichimlik suvi va bir marta meva asorti kiradi. Faqat o’zimizni begonalarsiz Speedboatga olib yuradi. Ujindan keyin plyaj bo’yidagi klubga bordik. Soat 2 largacha o’yin kulgi qilib mehmonxnaga qaytdik.

Uzun qissamni o’qish qiyin bo’lmasin deb ikkiga bo’ldim.

Ikkinchi qism